• 09 января 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

"Qamchiq" dovonida Shacman yonib ketishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi

IIV JXD YHXXning bergan ma’lumotiga ko‘ra, "Qamchiq" dovonida Shacman yonib ketishi natijasida haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi.

Hodisa 9-yanvar kuni soat 20:30 larda Namangan viloyatining Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 225-kilometrida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Shacman rusumli yuk avtomobili haydovchisi, 1988-yilda tug‘ilgan N.I. tezlikni oshirganligi sababli rul boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilib, ag‘darilgan. Buning oqibatida, transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida haydovchi N.I. va yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан