• 28 июня 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

"Eco Expo Central Asia 2025" ko‘rgazmasi doirasida 120 dan ortiq kelishuv imzolandi

2025-yil 19–21-iyun kunlari Toshkent shahrida muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazilgan "Eco Expo Central Asia 2025" xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi ekologiya va barqaror rivojlanish yo‘nalishida muloqot, tajriba almashinuvi va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha eng yirik maydonga aylandi.

Tadbir keng ko‘lamda tashkil etilib, unda ekologik tashkilotlar rahbarlari, 30 dan ortiq xalqaro tashkilot vakillari, qariyb 300 nafar xorijiy ekspert, 30 ta elchixona va konsullik vakolatxonalari, 400 dan ortiq xususiy sektor, startap va ilmiy doiralar vakillari ishtirok etdi. Umuman olganda, ko‘rgazmaga 5 000 dan ortiq kishi tashrif buyurdi, bu esa ekologik masalalarga qiziqish yuqori ekanligini va tadbirning mintaqa uchun muhimligini ko‘rsatadi.

Ko‘rgazma doirasida milliy va xalqaro tashkilotlar, hududlar hamda startaplarga tegishli 101 ta stend namoyish etildi. Eng yaxshi ekspozitsiyalar taqdirlandi. Ekologiya vazirligining tizim tashkilotlaridan: Ekologik ekspertiza markazi, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyot agentligi, O‘rmon va yashil hududlarni kengaytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi hamda “Yashil loyihа” loyiha instituti alohida e’tirof etildi. Xalqaro ishtirokchilar orasida esa Qozog‘iston Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi, Birlashgan Arab Amirliklaridagi Xalqaro biosho‘r qishloq xo‘jaligi markazi (ICBA), Xitoy Fanlar akademiyasining Shinjon ekologiya va geografiya instituti, shuningdek, O‘zbekistonning Samarqand, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi stendlari munosib baholandi.

Ko‘rgazmaning eng muhim natijasi — 126 ta bitim va anglashuv memorandumi imzolanishi bo‘ldi. Ushbu hujjatlar yashil dizayn, chiqindilarni qayta ishlash va bioxilma-xillikni muhofaza qilishdan tortib o‘rmonlarni qayta tiklash, suvni muhofaza qilish, havo sifati monitoringi va ekoturizm sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli sohalarni qamrab oladi.

Asosiy shartnomalar orasida quyidagilarni alohida e'tirof etish mumkin:

– GIZ (Germaniya) bilan barqaror shahar rivojlanishi yo‘nalishida yangi loyihalarni boshlash;– Xitoy, Bolgariya va Latviya kompaniyalari bilan o‘rmon xo‘jaligi sohasida hamkorlik;– Qozog‘iston, Koreya, Xitoy va Yevropa davlatlari bilan chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha innovatsion yechimlarni joriy etish;– O‘zbekistonning gidrometeorologik tarmog‘ini modernizatsiya qilish;– UNDP, Jahon banki va JICA bilan ekoturizm va madaniy merosni asrash loyihalari;– “Yashil makon” umummilliy loyihasini qo‘llab-quvvatlash;– Biotexnologiyalar, havo filtrlash, barqaror suv ta’minoti va energiya tejovchi loyihalarni hududlarda amalga oshirish.

Bitimlar milliy darajada ham, mintaqaviy darajada ham imzolangan bo‘lib, bu O‘zbekistonda olib borilayotgan ekologik siyosatning kompleks va izchil xarakterini, shuningdek, hududlarning “yashil iqtisodiyot”ni ilgari surishdagi faolligini namoyon etadi.

"Eco Expo Central Asia 2025" nafaqat ilg‘or texnologiyalar namoyish etilgan maydon, balki amaliy hamkorlik va aniq tashabbuslar uchun samarali platformaga aylandi. Ko‘rgazma davomida erishilgan kelishuvlar ekologik barqaror rivojlanishga o‘tishda mustahkam zamin yaratadi hamda O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi ishonchli va mas’uliyatli hamkor sifatidagi obro‘sini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров принял председателя Национального банка Швейцарии
      сегодня в 20:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел открытый форум «Образование, меняющее эпоху»
      сегодня в 19:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров сделал заявление для СМИ по итогам переговоров с Председателем Совета Министров Того Фором Эсcозимной Гнассингбе
      сегодня в 18:25   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев встретился с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым
      сегодня в 17:40   Кыргызстан
    В селе Панфиловское открыли отреставрированный памятник Ивану Панфилову
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Какую позицию займёт официальный Казахстан после варварского удара Украины по спящим детям в Старобельске?
      сегодня в 19:58   Казахстан
    Таджикистан и Азербайджан создают совместный деловой совет
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda $3 mlrdlik 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda
      сегодня в 22:10   Узбекистан
    Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesilishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
      сегодня в 22:30   Узбекистан
    Баходур Шерализода в Нью-Йорке и Вашингтоне встретился с партнёрами по развитию и международными институтами климатического сотрудничества
      сегодня в 22:20   Таджикистан