• 08 июля 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga qimor o‘yinlarida qatnashish taqiqlandi

Qozog‘istonda davlat xizmatchilari va huquq-tartibot idoralari xodimlariga qimor o‘yinlarida qatnashish taqiqlandi. Bu borada prezident Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatda qimor biznesini tartibga soluvchi qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritishga doir hujjatni imzoladi.

Hujjatga muvofiq, qimor/garov o‘yinlarida ishtirok etishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxatiga harbiy xizmatchilar, budjet tashkilotlari rahbarlari, shuningdek qarzdorlar reyestriga kiritilgan fuqarolar ham kiradi.

Shu bilan birga, mas’ul davlat lavozimlarini egallagan, davlat funksiyalarini bajarishga vakolatli shaxslar, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslarning qimor o‘yinlarida ishtirok etishi cheklangan, ammo taqiqlanmagan. Jumladan, davlat rahbarining o‘zi ham kazinoda o‘ynash yoki lotereyada qatnashish huquqiga ega.

Cheklovlarga rioya qilmaslik ularning ishdan bo‘shatilishiga olib keladi.

Qonunda qimor biznesi tashkilotchilari faoliyatini tartibga solish mexanizmlari ham mustahkamlangan. Turizm va sport vazirligiga qimor biznesi sub’yektlari qoidalari rioya etishi shart bo‘lgan qimor o‘yinlari shoxobchasi, bukmekerlik idorasi, totalizator faoliyati, garovlar qabul qilish va qimor/garov o‘yinlari o‘tkazishning namunaviy qoidalarini tasdiqlash topshirilgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан