• 29 ноября 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Qo‘riqlash xizmati Milliy gvardiyadan IIVga o‘tkazildi

“Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti etib qayta tashkil etildi

Qarorga ko‘ra, Qo‘riqlash departamenti va uning hududiy bo‘linmalari zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi:

shartnoma asosida davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlar, taʼlim muassasalari, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki, savdo, xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar va qurilish obyektlarini zamonaviy usullar orqali qo‘riqlash;qo‘riqlanayotgan obyektlarda ichki tartib va nazorat o‘tkazish rejimlarini taʼminlash;qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish.

Qarorda qayd etilishicha, 2026 yil 1 yanvardan boshlab qo‘riqlovga olingan banklar, yirik ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy hokimliklar va boshqa qator obyektlarda fuqarolar kirish va chiqish joylariga shaxsning yuzini tanib olish imkoniyatiga ega texnik vositalar bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.

Ushbu chora-tadbirlar qo‘riqlash xizmatlari samaradorligi va obyektlar xavfsizligini oshirish, jamoat tartibini mustahkamlash hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida nazoratni kuchaytirishga qaratilgani taʼkidlanmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан