• 14 марта 2026 в 22:30
  • 0
  • 0

Qishloq xo'jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy qilinadi

“Qishloq xo'jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–99-son, 13.03.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki 2026-yil yakunigacha tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda 1 tadan bank filiallarida agroxizmat zonalarini tashkil etadi.

Agrobank zimmasiga qishloq xo'jaligi korxonalarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklatiladi:

- qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishda yangi zamonaviy intensiv texnologiyalarni keng joriy qilish va startap loyihalarni qo'llab-quvvatlash;

- sun'iy intellekt, masofadan monitoring va “big-data” texnologiyalari asosida bank hamda qishloq xo'jaligiga oid xizmatlarni ishlab chiqish.

Ekin maydonlari to'g'risida kosmik, ob-havo, o'simliklar rivojlanishi holati bo'yicha monitoring ma'lumotlarini markazlashgan holda tahlil qilish maqsadida Qishloq xo'jaligi monitoring markazi tashkil qilinadi.

Agrobank orqali aholi xonadonlari, tomorqa yer egalari va dehqon xo'jaliklariga anjir, xurmo, olma va nok mahsulotlarini yetishtirish uchun yillik 18 foiz stavkada 24 oylik imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga kreditlar ajratiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      сегодня в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      сегодня в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      сегодня в 22:10   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      сегодня в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      сегодня в 22:20   Таджикистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      сегодня в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      сегодня в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      сегодня в 23:05   Узбекистан