• 04 марта 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Qashqadaryoda fuqaro nomaʼlum yovvoyi hayvon parrandalarini nobud qilganini aytdi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida fuqaro nomaʼlum yovvoyi hayvon parrandalarini nobud qilganini aytdi. “Hisor” davlat qo‘riqxonasi holat yuzasidan maʼlumot berdi. 

Qayd etilishicha, 4-mart kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Qani” qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.Z.ning hovlisiga nomaʼlum yovvoyi hayvon kirib, uy parrandalarini nobud qilgan va tovuqxonaga qamalib qolgan.

Holat yuzasidan Shahrisabz tuman ekologiya bo‘limi, “Hisor” davlat qo‘riqxonasi, Shahrisabz tuman FVB xodimlari va Shahrisabz tuman obodonlashtirish bo‘limining maxsus guruhi tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. Fuqaro xonadoniga borilganda mazkur yovvoyi hayvon yovvoyi dala mushugi ekani aniqlandi. 

Ko‘rilgan choralar natijasida yovvoyi dala mushugi xonadondan olib chiqilib, xavfsizlik taʼminlandi hamda vaqtinchalik saqlash uchun Shahrisabz tuman obodonlashtirish bo‘limining maxsus xonasiga joylashtirildi. Hozirda yoyovoyi dala mushuginini o‘zi yashaydigan yovvoyi tabiat qo‘yniga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан