• 22 сентября 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Qashqadaryoda bank xodimi kredit majburiyatlarini bajarmagan mijoz uyiga bostirib kirmoqchi bo‘ldi

Qashqadaryoda ikki bank xodimi kechasi mijozning uyiga bostirib kirmoqchi bo‘lgani haqida videolavha tarqaldi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbaning xabar qilishicha, mijoz salkam 19 milliard so‘m qarzini to‘lamay yurgan.

Videoda aks etgan ikki erkak “Ipak yo‘li” ATBning Qarshi filiali xodimlari — bosh hisobchi A.T. va bank bosh mutaxassisi Sh.X. bo‘lib, 7-iyun kuni soat 21:40 larda oldindan tanishi bo‘lgan Qarshi shahrida yashovchi fuqaro D.S. bilan suhbatlashish uchun uning yashash uyiga borib, chaqirganda chiqmagani sababli uning darvozasini urib, tepgan.

Ma’lum bo‘lishicha, D.S. “Smart Said” MCHJ rahbari bo‘lib, viloyatda Pepsi, “Chortoq” ichimligi, Crafers qandolat mahsuloti hamda Lays chips mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanadi hamda ushbu faoliyat olib borish uchun rasmiy diler hisoblanadi.

O‘z navbatida, “Ipak yo‘li” ATB Qarshi filiali tomonidan “Smart Said” MCHJga 2020—2021-yillardagi kelishuv shartnomalariga asosan jami 1 million 435 ming AQSH dollari miqdorida kredit ajratilgan.

Biroq, shu vaqtga qadar ushbu MCHJ kredit shartnomasidagi majburiyatlarini bajarmagan va bank fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga asosiy kredit qarzdorligi, muddati o‘tgan asosiy qarzi, muddati o‘tgan foiz qarzi  jami 18,9 milliard so‘mni undirish haqida 2024-yil 1-aprel kuni da’vo arizasini kiritgan bo‘lib, sud 7-may kuni da’vo talablarini qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori qabul qilgan.

Shuningdek, kredit mablag‘larini maqsadsiz ishlatilishi bo‘yicha jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan xususiy ajrim chiqarilib, ko‘rib chiqish uchun Qarshi shahar prokuraturasiga yuborilgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан