• 16 января 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Qashqadaryoda 15 yoshida o‘z roziligisiz, ota-onasi tomonidan unashtirilgan qiz murojaat bilan chiqdi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida o'z roziligisiz ikki yil oldin, 15 yoshida ota-onasi tomonidan unashtirilgan qiz murojaat bilan chiqdi.

Ma'lum qilinishicha, 15-yanvar kuni bolalar ombudsmaniga Shahrisabz shahrida yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan qiz M.M.dan murojaat kelib tushdi. 16-yanvar kuni bolalar ombudsmani qizning o‘zini shaxsan qabul qilib, uning murojaati mazmuni bilan tanishdi.

M.M.ning aytishicha, hozirda u universitetning 1-kursida o‘qimoqda va o‘qishini davom ettirish niyatida. Bir necha yildan buyon tanishi bo‘lgan O.B. (yigit) unga turmushga chiqishga undab, turli shaklda bosim o‘tkazib kelmoqda. O.B.ning va M.M.ning ota-onalari o‘zaro kelishib, qizning roziligisiz unashtiruv marosimini o‘tkazgan bo‘lib, hozirda O.B. tomonidan unga turmushga chiqishga undab, ruhiy bosim o‘tkazilmoqda.

Mazkur holat bolalar ombudsmani tomonidan alohida kuzatuvga olinib, tezkor ravishda prokuratura va ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganildi. Hozirda O.B. va qizning ota-onasi ayolni turmushga chiqishga majburlash harakati jinoiy javobgarlikka asos bo‘lishi haqida ogohlantirilib, buning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Shuningdek, M.M.ga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi taqdim etilib, uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан