• 01 сентября 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Qamoqxonalardagi sutkalik uchrashuvlar uchun tariflarni oshirish rejalashtirilyapti

IIVning jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ular uchun ajratilgan uzoq muddatli uchrashuvxonalarni zamon talabiga asosan jihozlash hamda byudjet sarf-harajatlarini qisqartirish maqsadida tegishli hujjat loyihasi ishlab chiqildi.

Qayd etilishicha, 2023-yil davomida jazoni ijro etish muassasalarida fuqarolar tomonidan uzoq muddatli uchrashuv xonalarining foydalanilganidan kelib tushgan mablag‘larning umumiy qiymati 2,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Biroq, uzoq muddatli uchrashuv xonalarini yaroqli holda saqlab turish (muntazam ravishda joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish) hamda zarur bo‘lgan buyum va vositalar (o‘rin-ko‘rpa, sovun, sochiq, oshxona anjomlari va boshqalar) bilan ta’minlash maqsadida, o‘tgan 2023-yilda 7,6 mlrd so‘m mablag‘ sarf etilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, byudjet mablag‘larini iqtisod qilish hamda yuklamani kamaytirish maqsadida, koloniya uchrashuv xonalarning sutkalik tariflarini quyidagi tartibda:

- 2 kishilik xona uchun sutkalik to‘lov – O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 25 foiz (amalda 5 foiz)gacha (85 ming so‘m);

- 3 kishilik xona uchun sutkalik to‘lov – O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 30 foiz (amalda 10 foiz)gacha (102 ming so‘m);

- 4 kishilik xona uchun sutkalik to‘lov – O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 35 foiz (amalda 15 foiz)gacha (119 ming so‘m) belgilash rejalashtirilmoqda.

Hujjat loyihasi matnida aytilishicha, uzoq muddatli uchrashuv xonalaridan tarif asosida undiriladigan to‘lovlar yiliga 8 mlrd so‘mgacha oshib, byudjet mablag‘larini iqtisod qilish hamda mahkumlarni saqlash xarajatlarini qisqartirishga yo‘naltiriladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан