• 11 ноября 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Qadimgi Qanqadan yangi topilma: X-XI asrlarga oid devoriy suratlar aniqlandi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti arxeologlari tomonidan Toshkent viloyati hokimligi homiyligida olib borilayotgan arxeologik qazishmalarda qadimgi Qanqa shahri hududida X-XI asrlarga oid devoriy suratlar aniqlandi.Topilmalar qadimiy shaharning shahriston qismida joylashgan katta karvonsaroy hududidan topilgan. Janubiy darvozadan taxminan 60 metr masofada joylashgan ushbu karvonsaroyning o‘lchami 100×70 metr bo‘lib, me’moriy jihatdan yirik va mahobatli inshoot hisoblanadi.Karvonsaroy xonalaridan birida olib borilgan qazishmalar davomida devorlardan qulab tushgan surat bo‘laklari topilgan. Ularning o‘lchami 15×20 dan 30×35 santimetrgacha bo‘lib, binoning devorlari bezakli suratlar bilan qoplanganini ko‘rsatmoqda. Bu holat arablar bosqinidan keyin yo‘qolgan devoriy bezak san’ati Toshkent hududida  X-XI  asrlarda qayta tiklanganini isbotlaydi.

Arxeologik tahlillarga ko‘ra, bunday suratlar ilgari Samarqand va Axsikent yodgorliklarida ham uchragan. Madaniy meros agentligi Samarqand arxeologiya instituti restavratorlari hozirda suratlarni o‘rganish va saqlash ishlari bilan shug‘ullanmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, Qanqadagi ushbu topilma nafaqat san’at tarixini, balki Toshkent vohasining o‘rta asrlardagi madaniy hayotini yangi qirradan yoritishga xizmat qiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан