• 26 августа 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Pul evaziga Koreya davlatiga ishga yuborish bilan shug‘ullangan Migratsiya agentligi xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish va fuqarolarimizning xorijda qiyin sharoitlarga tushib qolishlarining oldini olish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Namangan viloyati filiali bosh mutaxassisi xizmat mavqeidan foydalangan holda, aldov yo‘li bilan bir guruh fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish evaziga 41 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u mazkur noqonuniy faoliyatni Migratsiya agentligi markaziy apparatining bosh mutaxassisi bilan birgalikda amalga oshirishi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va Agentlikning ushbu masʼul xodimi ham yuqoridagi pul mablag‘idan 15 ming AQSH dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Shuningdek, Migratsiya agentligining mazkur xodimlari 2024 yilda 80 nafardan ortiq fuqarolarni Koreya davlatiga yuborish uchun 700 ming AQSH dollaridan ortiq pul mablag‘larini olib, hozirga qadar ularni sarson qilib yurganliklari maʼlum bo‘ldi.

Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mazkur jinoiy guruhning qolgan aʼzolarini aniqlash va ularni tergovga jalb qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан