• 05 марта 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Prezident Tashkent City Mall savdo-ko‘ngilochar markazini borib ko'rdi

Shavkat Mirziyoyev Tashkent City Mall savdo-ko‘ngilochar markazini ko‘zdan kechirdi.

Majmua ko‘p funksiyali bo‘lib, zamonaviy tijorat va xizmat turlarini qamrab olgan. 5 qavatda savdo do‘konlari, restoran va kafelar, ko‘ngilochar o‘yinlar va sport maydonlari joylashgan. Yer ostida 2 qavatli avtoturargoh bor.

Markazda dunyoning eng oldi brendlari shoxobchalarini ochgan. Ular orasida birinchi marta O‘zbekiston bozoriga kirib kelayotganlari ham talaygina.

Ulkan maydonda bolalar va kattalar uchun yopiq o‘yingohlar mavjud. Shuningdek, 14 ta kinoteatr tashkil etilgan. Bir so‘z bilan aytganda, bu yerda odamlar xarid qilishi, dam olishi, sport bilan shug‘ullanib, vaqtini chog‘ o‘tkazishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Majmua bir kunda 60 ming kishiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Unda 3 mingdan ziyod kishi ish bilan ta'minlanadi.

Prezident bu yerga kelgan odamlar bilan suhbatlashdi.

Davlat rahbari mazkur majmuaning bir qismi bo‘lgan besh yulduzli mehmonxonada yaratilayotgan sharoitlar bilan ham tanishdi.

31 qavatli bu mehmonxona bir vaqtning o‘zida 500 kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Unda yuqori martabali mehmonlar uchun sharoitlar, 273 ta standart xona tashkil etiladi.

Shuningdek, katta va kichik konferensiya zallari, ochiq va yopiq suzish havzalari, restoran va kafeteriya xizmat ko‘rsatadi. Binoda zamon talabiga mos “Aqlli uy” tizimi hamda tezyurar liftlar o‘rnatilgan.

Mehmonxona may oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu yerda yana 500 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.

Xalqimizga zamonaviy xizmatlar taqdim etadigan bunday markazlarni mamlakatimizning boshqa shaharlarida ham barpo etish muhimligi aytildi


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Праздник Навруза торжественно отметили в Гиссаре с участием гостей из Республики Узбекистан
      26 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Представители сферы культуры Таджикистана и Узбекистана награждены орденами «Дусти» и «Дустлик»
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Комплекс «Калъаи Худжанд» является центром представления истории и культуры таджикского народа
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    КОННЫЕ СКАЧКИ. Эта национальная игра входит в число традиций Навруза
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Канатбек Чыныбаев провёл встречу с послом Франц
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Худжанде состоялся региональный этап соревнований «Национальные игры»
      26 марта 2026 в 23:00   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял председателя совета директоров и генерального директора швейцарской компании SICPA SA
      26 марта 2026 в 12:55   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков встретился с посолм Казахстана
      26 марта 2026 в 13:40   Кыргызстан
    Открылась Совместная промышленная выставка Республики Таджикистан в Республике Узбекистан
      26 марта 2026 в 21:50   Таджикистан
    Сотрудники милиции проходят обучение по линии Интерпола
      26 марта 2026 в 22:00   Таджикистан