• 02 апреля 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Prezident avtomobil yo‘llari qurilishiga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobil yo‘llari qurilishiga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

Mamlakatimizda xalqaro va mahalliy yo‘llar tarmog‘ini rivojlantirish, transportlar harakatiga qulaylik yaratish maqsadida ko‘plab loyihalar ishlab chiqilgan. Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish” loyihasi ko‘zda tutilgan. Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi 86 ta tumanda, 770 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan 272 ta mahalladagi 841 kilometr yo‘llar sement-beton qoplama bilan yangidan quriladi. Bunga Osiyo taraqqiyot bankining 240 million dollarlik qarz mablag‘i yo‘naltiriladi.

Qurilish hamda texnik nazorat ishlari to‘liq mahalliy pudratchilar – xususiy tadbirkorlar va mahalliy muhandislar  tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘llar foydalanishga qabul qilinganidan so‘ng, bosh pudratchi tomonidan 5 yil davomida kafolatli soz holatda saqlanadi va ekspluatatsiya qilinadi.

Yana bir loyiha xalqaro ahamiyatdagi M39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz” magistral avtomobil yo‘lining 1255-1315 kilometrlarini rekonstruksiya qilishga qaratilgan. Yo‘lning bu qismi Dehqonobod tumani markazi Qorashina shaharchasidan o‘tgan bo‘lib, hozirgi kunda tor va ta’mirtalab.

Loyiha doirasida 60 kilometr uzunlikdagi yo‘l sement-beton qoplamadan 4 tasmali qilib quriladi. Dehqonobod tumani markazini aylanib o‘tuvchi 17 kilometrlik yangi yo‘l, 14 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar barpo etiladi. Bu Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasidan jalb etiladigan qariyb 154 million dollar hisobidan moliyalashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi qarorida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini qaytadan tuzish vazifasi belgilangan. Shuningdek, tajriba-sinov tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatda 20 kilometrdan avtomobil yo‘lini ekspluatatsiya qilishga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadigan yo‘llar ro‘yxati tasdiqlangan.

Taqdimotda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar va joriy yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar haqida axborot berildi.

Davlatimiz rahbari yo‘llarni sifatli qurish, ta’mirlanadigan ko‘chalar bo‘yida daraxtlarni o‘stirish orqali hudud ekologiyasini yaxshilash, qishloqlarda qulay yo‘l-transport infratuzilmasini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Праздник Навруза торжественно отметили в Гиссаре с участием гостей из Республики Узбекистан
      26 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Представители сферы культуры Таджикистана и Узбекистана награждены орденами «Дусти» и «Дустлик»
      27 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Комплекс «Калъаи Худжанд» является центром представления истории и культуры таджикского народа
      вчера в 13:55   Таджикистан
    КОННЫЕ СКАЧКИ. Эта национальная игра входит в число традиций Навруза
      27 марта 2026 в 23:00   Таджикистан
    Канатбек Чыныбаев провёл встречу с послом Франц
      27 марта 2026 в 11:10   Кыргызстан
    В Худжанде состоялся региональный этап соревнований «Национальные игры»
      26 марта 2026 в 23:00   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял председателя совета директоров и генерального директора швейцарской компании SICPA SA
      26 марта 2026 в 12:55   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков встретился с посолм Казахстана
      26 марта 2026 в 13:40   Кыргызстан
    Открылась Совместная промышленная выставка Республики Таджикистан в Республике Узбекистан
      26 марта 2026 в 21:50   Таджикистан
    Между Таджикистаном и Узбекистаном сформирована солидная договорно-правовая база двустороннего сотрудничества
      27 марта 2026 в 22:20   Таджикистан