• 20 февраля 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Poytaxtda giyohvandlik vositalarini tarqatmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Joriy yilning 8-fevral kuni Chilonzor tumanida o‘zini shubhali tutgan 2002-yilda tug‘ilgan Ergashev Lazizbek Aziz o‘g‘li to‘xtatib xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan 10 dona o‘ramda bo‘lgan “Mefedron” giyohvandlik vositasi aniqlangan. Aniqlangan giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan va tegishli hujjatlar bilan tergovga taqdim etilgan.

Mazkur holat yuzasidan L.Ergashevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Shuningdek, joriy yilning 14-fevral kuni Mirobod tumanida o‘zini shubhali tutgan 1996-yilda tug‘ilgan Xolmonov Javoxir Ixtiyor o‘g‘li to‘xtatilib xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan 6 dona o‘ramdagi “Mefedron” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan J.Xolmonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ushbu holatlar yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda, tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан