• вчера в 22:30
  • 0
  • 0

O‘zbekistonda zarur staj va malaka toifasiga ega pedagoglarga ipoteka kreditlari boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi

O‘zbekistonda 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan oliy malaka toifadagi pedagoglarga ipoteka kreditlari boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi. Bu 19 fevral kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining «Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.

Unga ko‘ra, 2026 yildan boshlab kamida 15 yil pedagogik ish stajiga va oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagoglarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlari boshlang‘ich badalining 25 foizini qoplab berish uchun davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi joriy etiladi.

Qarorga asosan ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qonunchilik hujjatlarida belgilangan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng ko‘p miqdorlaridan kelib chiqib aniqlanadi.

Subsidiya olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi hamda ushbu jarayondagi barcha xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.

Subsidiya olish uchun kelib tushgan arizalar subsidiya.idm.uz elektron platformasi orqali inson omilisiz ko‘rib chiqiladi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining subsidyplatform.mf.uz to‘lov platformasi orqali avtomatik tarzda to‘lab beriladi.

Mazkur subsidiyalarni moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan har yili 200 mlrd so‘mgacha mablag‘ yo‘naltiriladi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlangan tegishli nizomga asosan subsidiya ariza beruvchining ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) doirasida qurilgan uy-joylar uchun yo‘naltiriladi.

Pedagoglar subsidiya olish uchun davlat xizmatidan foydalanish uchun tegishli so‘rovnomani YAIDXP orqali elektron tarzda yoki Davlat xizmatlari markaziga kelgan holda Markaz xodimi orqali to‘ldirishi mumkin.

So‘rovnomada ko‘rsatilgan maʼlumotlar masʼul tashkilotlarning axborot tizimlari orqali belgilangan ijtimoiy mezonlarga muvofiq yoki muvofiq emasligi bo‘yicha avtomatik ravishda tekshiriladi.

Baholash natijalaridan kelib chiqib, ariza beruvchiga subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risidagi elektron QR kod qo‘yilgan xabarnoma bir ish kuni ichida Davlat xizmatlari markaziga va YAIDXPdagi shaxsiy manziliga yuboriladi.

Xabarnomani olgan talabgor uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi hamda mazkur shartnoma va boshqa tegishli hujjatlarni tijorat bankiga taqdim qiladi.

Tijorat banki tegishli hujjatlar to‘liq taqdim qilingandan so‘ng besh ish kuni ichida qarz oluvchiga kredit berish masalasini o‘rganib chiqadi hamda arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal summasi ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng ko‘p miqdorlari doirasida ajratiladigan ipoteka krediti miqdoridan kelib chiqib hisoblanadigan uy-joy qiymatining 15 foizi miqdorida aniqlanadi.

Ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foizi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Сейтек Жумакадыр уулу встретился с руководителем консульского отдела Посольства Италии
      19 февраля 2026 в 13:40   Кыргызстан
    Состоялась конференция, посвященная древнему Хутталу как источнику возникновения таджикского языка
      вчера в 13:55   Таджикистан
    В ОшГУ прошел форум «Формирование здорового образа жизни молодежи — основной путь профилактики экстремизма»
      20 февраля 2026 в 11:10   Кыргызстан
    Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi
      20 февраля 2026 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошли слушания по проекту бюджета на 2026 год
      20 февраля 2026 в 16:55   Кыргызстан
    Эдиль Байсалов обозначил приоритеты развития культурной политики
      20 февраля 2026 в 08:10   Кыргызстан
    Делегация Европарламента посетила ОшГУ
      19 февраля 2026 в 11:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев представил центральному аппарату мэрии Оша нового мэра Жанара Акаева
      19 февраля 2026 в 09:40   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап конкурса «Споем кыргызские песни»
      19 февраля 2026 в 08:10   Кыргызстан
    Данияр Амангельдиев: Цифровое управление регионами - основа устойчивого роста
      19 февраля 2026 в 12:55   Кыргызстан