• 31 июля 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

O‘zbekistonda sotilayotgan besh turdagi gugurt mahsulotlari sifatsiz ekani aniqlandi

Gugurt ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlari sifatsiz ekani aniqlandi, deb xabar bermoqda Raqobat qo‘mitasi axborot xizmati. 

Unga ko‘ra, nazorat xaridi uchun “Avion”, “Jeep”, “Fesko”, “Gugurt” va “Viktory” savdo belgisi ostidagi gugurt mahsulotlaridan sotib olingan namunalarning GOST 1820-2001 standarti talablariga nomuvofiqligi aniqlandi. Qo‘mita tomonidan holat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlarda quyidagilar aniqlandi: 

Xarid qilingan namunalarda minimal gugurt cho‘pi soni 11-17 donaga kamligi natijasida 

“Up-Match” MCHJ (“Jeep”) 150 million so‘mlik mahsulot sotilgan, iste’molchilardan esa 44 mln 700 ming so‘m ortiqcha mablag‘ olingan;“Atlas-Invest” MCHJ tomonidan 66,5 million so‘mlik gugurt sotilgan bo‘lib, iste’molchilardan 20,5 million so‘m ortiqcha mablag‘ olingan.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan mazkur MCHJlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan. Mazkur jamiyatlar tomonidan ko‘rsatma talablari o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlandi. Sifatsiz gugurt mahsulotlari savdo rastalaridan olindi. Ortiqcha olingan mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish yoki gugurtlarni sifatlisiga almashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, sifatsiz chiqqan “Avion”, “Fesko”, “Viktory” savdo belgisi ostidagi gugurt mahsulotlari xorijiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgani aniqlandi hamda ularga nisbatan ham belgilangan tartibda chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, GOST 1820-2001 standarti talablari bo‘yicha 4 (2/3) formatdagi gugurtlarning alohida qutilarida eng ko‘p to‘ldirilishi 40 dan 60 donagachani tashkil etishi, eng kam to‘ldirilishi 37 dan 52 donagacha bo‘lishi shart.

Ushbu holatlar yuzasidan gugurt mahsulotlarining realizatsiyasida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan subyektlarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан