• 12 января 2025 в 22:30
  • 24
  • 0

O‘zbekistonda moped va skuterlarlarni haydovchilik guvohnomasisiz boshqarganlar jarimaga tortiladi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-martdan boshlab “A” toifali haydovchilik guvohnomasisiz moped va skuterlarlarni boshqarish jarimaga sabab bo‘ladi. Bu haqda YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi qarori bilan amaldagi Yo‘l harakati qoidalariga bir qancha o‘zgartirishlar kiritilgandi. Xususan, elektromotosikl, moped va skuterlar uchun alohida farqlovchi davlat raqam belgilari joriy etildi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan foydalanishda bo‘lgan moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida 2025-yil 28-fevralga qadar amal qiladigan vaqtinchalik nizom ham tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, shuningdek, elektr dvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, biroq 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari (moped va skuter) uchun alohida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etildi hamda bu turdagi transport vositalari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

Moped yoki skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish YHXX hududiy boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda 2024-yil dekabrida mototransport vositalarini (motosikl, elektromotosikl, moped va skuterlar) ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 1,5 baravari — 562 500 so‘m miqdorida stavka belgilangan. Ilgari bu BHMning 1,75 baravari edi.

Moped va skuter haydovchilarida “A” toifadagi haydovchiliik guvohnomasi bo‘lishi 2025-yil 1-martdan boshlab talab etiladi. Ushbu transport vositalarini guvohnomasiz boshqarganlik uchun jarima solinadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан