• 18 августа 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

O‘zbekistonda ikkita avtokorxona xususiylashtiriladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Avto Climate Control MCHJ ustav kapitalidagi 100 foiz, “Avtokomponent” MCHJ ustav kapitalidagi 98,8 foiz ulushlarni ommaviy savdolar orqali xususiylashtirishning ochiq savdo jarayonlari boshlanganini e’lon qildi.

Portfolio Investments kompaniyasi ularni xususiylashtirish bo‘yicha agentlik maslahatchi hisoblanadi.

Avto Climate Control 2010-yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy faoliyati avtomobillar uchun isitish va sovitish tizimlarini ishlab chiqarishdan iborat. Ustav fondi 12 592,9 million so‘mni tashkil etadi.

“Avtokomponent” ham 2010-yilda tashkil etilgan bo‘lib, avtomobillarning turli butlovchi qismlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ustav fondi 969,5 million so‘mni tashkil etadi.

Davlat aktivini sotib oluvchilar uchun qo‘yiladigan shartlar:

korxonaning asosiy faoliyat turini aktivlar oldi-sotdi shartnomasi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng 10 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlab qolish,ushbu muddat davomida mahsulotlarning litsenziati bo‘lgan General Motors kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan yetkazib beruvchi bilan texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha litsenziya kelishuvlariga va General Motors texnologiyalari bilan bog‘liq texnologik jihozlardan foydalanish yuzasidagi Bosh Alyans kelishuvida o‘rnatilgan talablar va tegishli cheklovlarga qat’iy rioya qilish.

2 yil mobaynida korxonada mavjud ish o‘rinlarini va ishchilar sonini saqlab qolish (tabiiy sabablar bilan bo‘shaydigan ish o‘rinlari bundan mustasno), amaldagi ish haqi fondi miqdorini kamaytirmaslik va jamoa shartnomasi shartlarini yomonlashtirmaslik.

Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘lgan raqobat tamoyillariga asoslangan xususiylashtirish mexanizmi orqali amalga oshiriladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан