• 08 сентября 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi."Ostona arena"da bo‘lib o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Tatariston Raisi Rustam Minnixanov va boshqa xorijiy mehmonlar ham qatnashdi.Musobaqada dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ortiq sportchi, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda. Hamyurtlarimiz kurash, alish, arqon tortish, kamondan o‘q otish, poyga, pahlavonlar bellashuvi kabi yo‘nalishlarda kuch sinashadi.Ishtirokchilarga ko‘chmanchi xalqlarning boy madaniyati va tarixi, an’ana va urf-odatlariga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etildi.Marosimdan so‘ng davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. Ostona xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘istonning Bosh vaziri Oljas Bektenov kuzatib qo‘ydi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан