• 13 мая 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

O‘zbekiston – BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisligiga nomzodini ilgari surdi

2025–2027 yillar uchun BMT Turizmning Yevropa bo‘yicha komissiyasi raisligiga O‘zbekiston Respublikasi o‘z nomzodini ilgari surdi. Mazkur nufuzli lavozimga O‘zbekiston tarixda ilk bor o‘z nomzodini ilgari surmoqda. Bu tashabbus mamlakatimizning xalqaro turizm tashkilotlari doirasidagi faolligi va yuksak ishonchga sazovor bo‘layotganining yaqqol ifodasidir.BMT Turizm Yevropa komissiyasi tarkibiga Yevropa, Markaziy va G‘arbiy Osiyoning 41 ta davlati kiradi. Komissiya Yevropa mintaqasidagi turizm siyosatini shakllantirish, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda barqaror va inklyuziv turizmni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.Mazkur komissiyaning 71-yig‘ilishi 2025 yil 4–6 iyun kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu yig‘ilish davomida 2025–2027 yillarda BMT Turizm Yevropa komissiyasiga rais saylovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.O‘zbekistonning mazkur lavozimga nomzodini ilgari surishi — mamlakatimizning turizm sohasidagi izchil islohotlari, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi amaliy qadamlar, shuningdek, barqaror va inklyuziv turizmni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasining e’tirofi sifatida e’tirof etilmoqda.Mazkur lavozimni egallash orqali O‘zbekiston Markaziy Osiyoni yagona turizm makoni sifatida targ‘ib qilish, transchegaraviy marshrutlarni rivojlantirish, raqamli yechimlarni keng joriy etish, shuningdek, BMT Turizm tashkiloti doirasida mintaqaviy muloqotni kuchaytirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surishni rejalashtirmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан