• 02 июля 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

O‘zbekiston AKT sektori vakillari Shanxaydagi MWC ko‘rgazmasida Huawei kompaniyasining 5G-Advanced tarmoq yechimlari bilan tanishdi

2024 yil 26-iyundan 28-iyungacha Xitoyning Shanxay shahrida Mobil Jahon Kongressi (MWC Shanghai 2024) bo'lib o'tdi. Huawei Barselona va Shanxaydagi MWC ko‘rgazmasining doimiy eksponenti sifatida o‘z stendiga tashrif buyuruvchilarga 5G-Advanced tarmoqlarining muvaffaqiyatli tijorat ishga tushirilishi imkoniyatlari, 5G-A tarmoqlari va sun’iy intellekt (AI) qurilmalarini tijoriy joylashtirish uchun innovatsiyalar misollarini taqdim etadi. O‘zbekistondan raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov boshchiligidagi delegatsiya Huawei stendiga tashrif buyurdi.

Huawei mutaxassislari 5G-A tarmoqlari va sun’iy intellekt qurilmalarining tijorati yo‘lga qo‘yilishi aqlli xizmatlarning hamma joyda keng tarqalishi uchun qanday imkoniyatlar ochishini, vertikal sanoatning raqamli transformatsiyasini tezlashtirishi, kontent yaratishga ta’sir etishini va mobil soha uchun istiqbollarni yaratishini aniq namoyish etdi.

Ko‘rgazma maydoniga tashrifdan so‘ng Huawei kompaniyasi vakillari bilan bir qator muzokaralar o‘tkazildi va O‘zbekistonda mobil aloqa tarmoqlarini joriy rivojlantirish masalalari, shuningdek, “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyasini kelgusida amalga oshirish rejalari muhokama qilindi. Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov Huawei kompaniyasining 25 yil davomida mamlakatimizda AKT infratuzilmasini mustahkamlash va rivojlantirishga qo‘shgan hissasini chuqur qadrladi va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kelgusida birgalikdagi tadbirlar muhimligini ta’kidladi. Shu maqsadda tomonlar ichki qamrov tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikka yo‘naltirilgan anglashuv memorandumini tuzdilar.

“Huawei” stendiga davlat idoralari va aloqa operatorlari vakillaridan iborat delegatsiyadan tashqari “China Digital Exploration Tour” oʻquv safarida ishtirok etgan oʻzbekistonlik talabalar tashrif buyurishdi. Stendda talabalar nafaqat innovatsiyalar bilan tanishdilar, balki Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezident janob Van Shunli bilan ham suhbatlashdilar.    

MWC Shanghai haqida qoʻshimcha maʼlumotni https://carrier.huawei.com/en/events/mwcs2024 manzilidan olishingiz mumkin.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан