• 15 сентября 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriatiga o'qishga qabul qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (578-son, 13.09.2025-y.) bilan “Oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriatiga o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriatiga quyidagilar asosida o'qishga qabul qilinadi:

- Prezident hujjatlari bilan tasdiqlangan bakalavriat yo'nalishlari bo'yicha davlat granti, jumladan, ta'lim granti asosida;

- O'zbekiston Respublikasi ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan umumiy qabul parametrlari asosida.

Kirish imtihonlari 2 bo'limdan iborat bo'ladi:

- 1-bo'lim – barcha bakalavriat ta'lim yo'nalishlari uchun majburiy 3 ta fan – ona tili, matematika va O'zbekiston tarixidan test sinovlari;

- 2-bo'lim – abiturient tanlagan bakalavriat ta'lim yo'nalishiga mos 2 ta fandan test sinovlari yoki ta'lim yo'nalishiga mos kasbiy (ijodiy) imtihonlar.

Qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi:

- 1-bosqichda 5-iyundan 25-iyungacha test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta'lim tili va test topshirish hududi;

- 2-bosqichda test sinovi yakunlangach, 15 kun davomida oliy ta'lim tashkiloti, bakalavriat ta'lim yo'nalishi, ta'lim shakli va tanlov ustuvorligi tanlanadi.

Abiturientning test sinovida to'plagan ballari haqida ma'lumot test sinovi o'tkazilgan kunning ertasiga e'lon qilinadi.

Abiturientning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo'yicha tanlov natijasi ro'yxatdan o'tishning 2-bosqichi yakunlangach, 1 hafta muddatda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан