• 17 января 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

O‘g‘itlar xavfsizligiga doir talablar o‘zgardi

Vazirlar Mahkamasining “Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha talablar belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining «Organik mahsulotlar va xom ashyolar hamda organik­-mineral o‘g‘itlarning xavfsizligiga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 18.11.2020-yildagi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi. 

Hujjat bilan 2025 yil 1 maydan kuchga kiradigan Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risida texnik reglament yangi tahrirda tasdiqlandi. U organik va organik-mineral o‘g‘itlarning xavfsizligiga, ularning ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga, yo‘q qilishga, qayta ishlashga hamda sotishga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligini baholash mezonlari kuyidagilardan iborat:

- inson hayoti va sog‘lig‘i uchun biologik, kimyoviy va radiatsiyali xavflar yo‘qligi;

- organik va organik-mineral o‘g‘itlarning inson yashash muhitiga, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligiga salbiy taʼsirini bartaraf etish;

- toksiklik, shu jumladan, inson salomatligiga o‘ziga xos va uzoq muddatli taʼsirlarini baholash (allergenlik, immunotoksinlik).

Organik-mineral o‘g‘itlarning yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng o‘g‘it xavfsizlik pasportiga muvofiq yo‘q qilinadi.

O‘g‘itlar texnik reglamentga muvofiq zararsizlantirilgandan keyin texnologik qayta ishlanishi lozim.

Organik va organik-mineral o‘gitlar maxsus savdo shoxobchalarida sotilishi va bu yerda ularni saqlash shartlari bajarilishi lozim.

Bir savdo bo‘limida organik va organik-mineral o‘g‘itlarni ular isteʼmol xossalariga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tovarlar bilan birgalikda sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Chakana savdoda organik va organik-mineral mahsulotlar qadoqlangan shaklda sotiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан