• 29 сентября 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

O'zbekiston elchisi O'monning neft va gaz sohasidagi yirik kompaniyasi rahbari bilan muzokara o'tkazdi

O'zbekiston elchisi Abdusalom Xatamov O'monning "OQ" kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Mulxim al-Jaraf bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Muloqot davomida O'zbekiston va O'mon aloqalarining bugungi holati va istiqbollari, mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mazkur kompaniyaning yurtimizda qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

O'mon vakiliga O'zbekistonda investitsiya sohasida olib borilayotgan islohotlar, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, taklif etilayotgan loyihalar haqida so'zlab berildi.

"OQ" kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, yaratilgan qulay investitsiyaviy muhim va xorijiy investorlarga taqdim etilayotgan imtiyozlarni yuqori baholadi. U, shuningdek, taklif etilayotgan investitsiyaviy loyihalarga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunida qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokamasini davom ettirish to'g'risida kelishib oldilar.

"OQ" kompaniyasi nafaqat O'monda, balki Osiyo-Tinch okeani, Yaqin Sharq, Yevropaga va Amerika mintaqalarida neft neft va gaz qazib olish bilan shug'ullanadi. U 9 ta neft va gaz sohasida faoliyat yurituvchi yirik korxonalarni birlashtiradi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан