• 20 января 2026 в 22:30
  • 0
  • 0

Notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi “Notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish tartibi to'g'risida”gi nizomni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami: 3757-son, 19.01.2026-y.).

Nizomga ko'ra, ijro xati notarial idora binosida, videokonferensaloqa orqali, elektron shaklda yoki murojaat qiluvchilarning xohishiga ko'ra sayyor tartibda yoziladi.

Ijro xati videokonferensaloqa orqali yozilganda, uning tasdiqlovchi yozuvida bu haqida ko'rsatiladi hamda yozish jarayoni notarius tomonidan majburiy audio va videoda qayd etiladi.

Ijro xati quyidagi hollarda yoziladi:

- taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;

- majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganda da'vo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab 3 yildan ortiq vaqt o'tgan bo'lmasa.

Notariuslar tomonidan BHMning 1000 baravarigacha bo'lgan ayrim fuqarolik-huquqiy nizosiz talablar bo'yicha ham ijro xati yoziladi.

Ijro xati, agar qonunchilikda boshqa muddat belgilangan bo'lmasa, u yozilgan kundan boshlab 3 yil muddat ichida majburiy ijro uchun taqdim etilishi mumkin.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан