• 13 сентября 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Noruda materiallarni qazib olish bo'yicha moratoriy tatbiq etilgan hududlarning chegaralari belgilandi

“Noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy etilgan suv havzalari hududlarining chegaralarini belgilash to'g'risida”gi Hukumat Qarori (566-son, 12.09.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o'zanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi.

Bunda moratoriy tatbiq etiladigan daryolar hududlari chegaralariga daryo o'zanlari, ularning sohilbo'yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalari kiradi.

Tegishli tashkilot va hokimliklar:

daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida daryo o'zanlarini tozalash va noruda materiallarini qazib olish ishlari to'xtatilishini qat'iy nazoratga oladi;daryo o'zani, sohilbo'yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallarini noqonuniy qazib olishning oldini olish bo'yicha nazorat tadbirlarini kuchaytiriladi hamda joriy qilingan moratoriyni buzishga oid huquqbuzarlik holatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko'rilishini ta'minlaydi.

Daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida joylashgan qum-shag'al qazib oluvchi hamda qayta ishlovchi tadbirkorlar tog' va tog'oldi hududlarga yoki ushbu hududlarning yaqinida joylashgan kichik sanoat zonalariga ko'chirish choralari ko'riladi.

Ko'chirilayotgan tadbirkorlarga noruda materiallarini o'z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi “E-auksion” orqali rasmiylashtirib beriladi.

Ma'lumot uchun: Prezident Farmoniga (https://lex.uz/docs/6764439) muvofiq, yuqoridagi daryolar o'zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан