• 22 января 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganligi o'rganiladi

“Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganlik darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari quyidagicha ilmiy ekspertizadan o'tkaziladi:

- qonun loyihalari bo'yicha - tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy- tadqiqot muassasalari tomonidan beg'araz asosda;

- qonunosti hujjatlari loyihalari bo'yicha - tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta'lim muassasalari tomonidan kelishuv asosida.

Bunda, normativ-huquqiy hujjat loyihasini ilmiy ekspertizadan o'tkazish natijalari bo'yicha xulosa tavsiyaviy xususiyatga ega bo'lib, xulosa loyihani ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan ko'rib chiqiladi.

Loyihani ishlab chiquvchi tashkilot ilmiy ekspertiza xulosasida ko'rsatilgan taklif, e'tiroz va fikr-mulohazalar yoki ularning bir qismini inobatga olmagan taqdirda, ular yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan holda kelishmovchiliklar jadvalini tayyorlaydi.

Adliya vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o'tkazuvchi tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta'lim muassasalarining elektron reestri yuritiladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy ekspertizasi natijalari bo'yicha xulosa Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан