• 04 ноября 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Nashriyot bosh muharriri lavozimi uchun yangi talablar belgilandi

3-noyabr kuni prezident imzolagan qonun [O‘RQ-1093-son] bilan «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 15-iyulda qabul qilingan, Senat esa  4-sentabr kuni ma’qullagan.Qonun bilan «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun bosh muharrirning huquqiy maqomi, unga qo‘yiladigan talablar va mas’uliyatiga oid yangi 151-modda bilan to‘ldirilmoqda.Unga ko‘ra:- bosh muharrir nashriyot tahririyatining ijodiy faoliyatiga rahbarlik qiladigan, nashriyotning mavzu rejalari ishlab chiqilishi hamda nashrlarning qonunchilik talablariga, noshirlik faoliyati sohasidagi texnik reglamentlar (milliy standartlar) talablariga muvofiq tayyorlanishi uchun mas’ul ekani;- bosh muharrir lavozimiga oliy ma’lumotga va noshirlik faoliyatida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanishi mumkinligi;- bosh muharrir tashkilotning muassisi (muassislari) yoki rahbari tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod qilinishi;- nashriyot nashrlarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror bosh muharrir tomonidan qabul qilinishi;- bosh muharrir nashriyotning ijodiy faoliyati uchun javobgar ekani;- bosh muharrir nashrlarning mavzu yo‘nalishlaridan kelib chiqib, tegishli ekspertlar va olimlarning yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarining taqrizlarini mustaqil ravishda olishga yoki muallifdan (mualliflardan) ularning taqdim etilishini talab qilish huquqiga ega ekani belgilanmoqda.

Shuningdek, qonun bilan kitobxonlikni rag‘batlantirish kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish va oshirish prinsipi sifatida belgilanmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан