• 04 октября 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Namangan, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida korrupsion holatlar aniqlandi

O‘zbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Namangan viloyat hakamlik sudi sudyasi Chust tumanida yashovchi shaxsga mazkur tumanning “Mustaqillik” MFYdagi 6 sotix yer maydonida joylashgan, qurilishi tugallanmagan bahsli noturar binoga egalik huquqini beruvchi hal qiluv qarorini chiqarib berish evaziga 3200 AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda  hakamlik sudi sudyasi ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan boshqa tezkor tadbirda esa Farg‘ona viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi O‘zbekiston tumanidagi chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jalikning naslchilik toifasiga o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtirib berganligi evaziga mazkur xo‘jalikning ish boshqaruvchisidan 500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Dastlabki surishtiruv tadbirlari davomida bosh mutaxassis ushbu pul mablag‘ini viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosariga berishi kerakligi maʼlum bo‘lib, tezkor tadbir davom ettirildi va mazkur mansabdor shaxs 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda, Pastdarg‘om tumanida buxgalteriya xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari 2 nafar fuqaroni ishonchiga kirib, ularni o‘zi buxgalteriya ishini olib borayotgan korxonalarning go‘yoki ishchi xodimi bo‘lganliklari haqida soxta maʼlumotlar kiritish orqali ish stajlarini ko‘paytirib, har biriga 2,5 mln so‘mdan pensiya tayinlanishini “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Pastdarg‘om tuman bo‘limi xodimi bilan hal qilib, nafaqaga chiqarib berish evaziga 2000 AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda MCHJ rahbari kelishilgan puldan 1900 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.  

Bu kabi qonunbuzilishi poytaxtimizda ham qayd etilib, xususan, Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasining 2 nafar bo‘lim boshlig‘i o‘z xizmat mavqeilaridan foydalangan holda, qurilish firmasi tomonidan Bo‘zsuv kanali hududiga to‘kilgan chiqindi tuproqlar uchun 60 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanilishi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirmaslik va kelgusida rahnamolik qilish evaziga tamagirlik yo‘li bilan 30 mln so‘m olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Адылбек Касымалиев провел совещание по вопросам обеспечения внутреннего рынка нефтепродуктами
      вчера в 16:55   Кыргызстан
    Не новый тренд: «переобувающиеся» политики
      16 октября 2025 в 16:54   Казахстан
    В Бишкеке прошло заседание градостроительного совета
      16 октября 2025 в 12:55   Кыргызстан
    В Душанбе проходит Международный симпозиум «Фалак и государственная независимость — от возрождения к мировому признанию»
      15 октября 2025 в 13:55   Таджикистан
    Toshkent viloyatida sholidan mo‘l hosil yetishtirildi
      15 октября 2025 в 23:05   Узбекистан
    «Тоджи Сомон». В Душанбе пройдут Дни российского кино
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Бишкек встретил призёров чемпионата мира по тхэквондо ITF
      15 октября 2025 в 19:10   Кыргызстан
    Oksford universitetida o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rgatiladi
      16 октября 2025 в 23:05   Узбекистан
    Тынчтык Шайназаров встретился с активными представителями блогерского сообщества страны
      15 октября 2025 в 17:40   Кыргызстан
    В ОшГУ проходят дни японской культуры
      вчера в 12:10   Кыргызстан