• 27 апреля 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Mutaxassis: Transyog‘lar isteʼmoli infarkt va insultni keltirib chiqarishi mumkin

Tezpishar taomlar — yoshlar orasida eng ommalashgan yeguliklar. Shu bois “fast-fud”, yarim tayyor mahsulotlar, qovurilgan kartoshka frisi, chips, qolaversa, turli qandolatlarning bozori chaqqon.

Tahlillarga ko‘ra, ular tarkibida transyog‘lar miqdori haddan ziyod ko‘p. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tahliliga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 5 milliard odam ushbu yog‘larning zararli taʼsiridan himoyalanmagan. Bu yurak xastaliklari va o‘lim xavfini oshiradi.

Shu singari taomlarni tayyorlashda ishlatiladigan transyog‘lar har yili sayyoramiz bo‘yicha 300 mingga yaqin kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda.

Xo‘sh, tibbiyot xodimlarining bu boradagi xulosasi qanday?

— Transyog‘lar — organizm uchun foydali yog‘larga qaraganda arzonroq va qator kimyoviy va fizik xususiyatlarga ega, — deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Nizom Ermatov. —  Masalan, xona haroratida qattiq holatda saqlanib qoladi, shu sabab ularni turli xil qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shish qulay.

Ular sanoat usulida ishlov berilgan yoki tabiiy to‘yinmagan yog‘ kislotasi hisoblanadi. Bu mahsulot margarin, o‘simlik yog‘lari, qovurilgan taom va pishiriqlar, xususan, krakerlar, pechenye va piroglarda mavjud. Shuningdek, kavsh qaytaruvchi hayvonlar go‘shti va sutida tabiiy holda uchraydi. Ammo har ikki turdagisi ham sog‘lik uchun zararli.

Yog‘lar hujayra membranalari va boshqa biologik strukturalarning hosil bo‘lishi uchun “qurilish materiali” vazifasini o‘taydi. Agar ular sunʼiy sintezlangan trans shaklga ega bo‘lsa, organizmda moddalar almashinuvi jarayoniga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

Xususan, tanada zararli xolesterin miqdorini oshiradi, yaʼni past zichlikdagi lipoproteinlar qon tomirlari devorida tiqin hosil qilib, ularni toraytiradi. Natijada organizmda qon aylanishi va hayotiy muhim organlarni qon bilan taʼminlash jarayoni izdan chiqadi. Oqibatda infarkt, insult va o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi kabi turli xavfli kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

Shuningdek, transyog‘lar yallig‘lanish jarayonlarini tezlashtirb, qandli diabet va onkologik xastaliklar rivojlanish xavfini ham oshiradi.

Shu sababli JSST ushbu turdagi yog‘larni taqiqlash yoki uni kunlik energiya miqdorining 1 foizigacha kamaytirishni tavsiya qilinmoqda. Yaʼni, kunlik ratsionda 2000 kaloriya bo‘lsa, transyog‘lar ulushi 2,2 grammga to‘g‘ri kelishi lozim. Lekin bugun ayrim yeguliklar tarkibida bu turdagi yog‘lar miqdori kunlik normadan 200 baravar ortiqni tashkil qilmoqda.

Shunday ekan, bunday vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l – transyog‘lar isteʼmolidan butunlay voz kechish yoki ular miqdorini minimal darajada kamaytirishdir.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан