• 18 октября 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga sertifikat berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (652-son, 17.10.2025-y.) bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibini belgilaydi.

Sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3 yil muddatga elektron shaklda beriladi.

Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.

Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining o‘rtacha natijasiga ko‘ra:- 70 va undan yuqori ball olgan talabgorga – A+ darajali;- 65 – 69,9 ballga – A darajali;- 60 – 64,9 ballga – B+ darajali;- 55 – 59,9 ballga – B darajali;- 50 – 54,9 ballga – C+ darajali;- 46 – 49,9 ball olgan talabgorga – C darajali sertifikat beriladi.

B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан