• 20 октября 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonlik yuk tashuvchilarni ogohlantirdi

Migratsiya agentligi Rossiyada faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilarga murojaat qildi.

2025-yil holatiga ko‘ra, Rossiyada amalga oshirilayotgan xalqaro avtoyuk tashuvlarining 25% ga yaqini o‘zbekistonlik haydovchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Biroq migratsiya qoidalariga amal qilmaslik oqibatida ko‘plab fuqarolar Rossiya IIOlarining “kirishi man etilgan shaxslar” ro‘yxatiga tushib qolmoqda.

Agentlik har bir yuk avtomobili haydovchi qatʼiy rioya qilishi shart bo‘lgan qoidalarni keltirdi. Jumladan:

chegaradan o‘tish vaqtida migratsion kartani aniq va to‘g‘ri to‘ldirish (maqsad grafasida — “turizm” emas, “slujebnaya” yoki “tranzit"ni ko‘rsatish);Rossiyaga kirgandan so‘ng 15 ish kunida migratsiya ro‘yxatiga qo‘yilishi lozim (odatda qabul qiluvchi tashkilot yoki ish beruvchi amalga oshiradi);90/365 muddatini doimiy ravishda nazorat qilish (yaʼni 365 kunlik davrda 90 kundan ortiq qolib ketmaslik);transport vositasi buzilishi yoki boshqa fors-major holat yuz bersa, rasmiy akt yoki dalolatnoma olish;har bir harakat faqat rasmiy hujjat bilan asoslanilishi.

Qo‘shimcha qilinishicha, takroriy huquqbuzarliklar 3−10 yil muddatga mamlakatga kirish taqiqini keltirib chiqaradi.

Agentlik xatolik kuzatilsa, Rossiya IIOlariga yozma ariza bilan murojaat qilish, hujjatlar orqali safarning haqiqiy maqsadini isbotlash kerakligini qayd etdi. Agar fuqaro “kirishi taqiqlanganlar” ro‘yxatiga tushgan bo‘lsa, apellyatsiya orqali undan chiqarishni talab qilishi mumkin.

Muammoli holatlarda Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga +7 925 045 4744 telefon raqamlari orqali murojaat qilish tavsiya etildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан