• 20 августа 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

MIB: Poytaxtda aliment undiruviga oid miqdor rekordi yangilandi

Bugun Byuroning Uchtepa tuman bo‘limiga qarzdor ota 2,4 mlrd so‘m miqdoridagi aliment pullarini oldindan amalga oshirish uchun tashrif buyurdi.

Sudning buyrug‘iga asosan qarzdor Sh.J. dan undiruvchi Sh.D foydasiga voyaga yetmagan 4 nafar farzandlari ta’minoti uchun ½ qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Uchtepa tuman bo‘limiga kelib tushgan bo‘lib, Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida vakolatli organlarga so‘rovnomalar yuborilgan hamda olingan javob xatlarga ko‘ra, qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklari aniqlanmagan.

O‘tkazilgan ijro harakatlar davomida, qarzdor Sh.J voyaga yetmagan 4 nafar farzandlari ta’minoti uchun to ular voyaga yetguniga qadar oldindan aliment miqdorini hisoblab berishlikni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan.

Shunga ko‘ra, aliment miqdori qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining 50 foizi miqdorida 2025-yil 01-avgust oyidan  01.04.2041-yiliga qadar (16-yillik) hisoblanganda jami 2 mlrd 442 mln 482 ming 580 so‘m aliment miqdorida  vujudga kelgan.

Olib borilgan ijro harakatlar davomida, qarzdor Sh.J tomonidan jami 2 mlrd 442 mln 482 ming 580 so‘m miqdorida aliment pullarini  uy ko‘rinishida undiruvchi Sh.D. ga to‘lab berildi hamda undiruvchining roziligiga asosan ijro hujjati amalda tamomlandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан