Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan MDH davlat rahbarlari kengashi majlisi doirasida MDH bosh kotibining o‘rinbosari, O‘zbekiston diplomati Ilhom To‘ychiyevich Neʼmatovni Rossiya Federatsiyasining “Do‘stlik” (“Drujba”) ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ilhom Neʼmatovning MDHni rivojlantirishdagi xizmatlarini, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatidagi faoliyati davomida mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasini qayd etib, mukofotni topshirgan.