• 24 марта 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Markaziy bank beshta bankka nisbatan jarima qo‘lladi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2025-yilning fevral oyidagi yig‘ilishlarida (8 marta) 43 ta masalani ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 31 ta masala, shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (8 ta), yangi ochilayotgan mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatdan o‘tkazish (3 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (5 ta) va vakolatxona ochishga ruxsat berish (1 ta), shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (13 ta) bilan bog‘liq masalalar ko‘rildi.

Shu bilan birga, “ISHONCH PLYUS HAMKOR MIKROMOLIYA TASHKILOTI” MCHJning taʼsischilari tomonidan tashkilotni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi munosabati bilan ushbu mikromoliya tashkiloti davlat reyestridan chiqarildi.

Bundan tashqari, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 12 ta masala – Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklarida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari ham muhokama qilindi.

Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar, jumladan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy meʼyorlarga va qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligi uchun 3 ta bank chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Shuningdek, amaldagi qonunchilik, Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 5 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан