• 20 марта 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Mahalladagi yoshlar yetakchisiga qo'shimcha vazifalar yuklatiladi

“Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog'ini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-136-son, 20.03.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, mahalladagi yoshlar yetakchisiga quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklatiladi:

— mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targ'ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;

— mahallalarda mavjud bo'lgan futbol bo'yicha sport inshootlari hamda boshqa sport maydonchalaridan tizimli va samarali foydalanilishini tashkil etish;

— mahallada futbol bo'yicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini shakllantirish hamda ularni tayyorlashni tashkil etish;

— mahalla yoshlarining futbol bilan shug'ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligini tahlil qilib borish hamda futbolni rivojlantirish bo'yicha sport-ta'lim tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikni tizimli yo'lga qo'yish;

— mahallalardagi yosh iqtidorli futbolchilarni aniqlash hamda ularni professional futbol ta'lim muassasalariga yo'naltirib borish;

— mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, sport inventarlari bilan ta'minlash va mahalla terma jamoalariga qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga takliflar kiritish.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      сегодня в 17:50   Узбекистан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан