• 25 сентября 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Kundalik hayotda eng zarur boʻlgan huquqiy bilimlarni mustaqil oʻrgatish boʻyicha mobil ilova yaratiladi

Joriy yilning 24-sentyabrida Adliya vazirligi masʼullari ishtirokida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida qilinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar boʻyicha matbuot anjumani tashkil qilindi.

Matbuot anjumanida taʼkidlanishicha oʻtgan davr mobaynida adliya organlari tomonidan jami 370 mingdan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Shundan 40 mingdan ortiq televideniye, radio, gazeta va jurnallarda chiqishlar qilindi, 92 mingga yaqin maʼlumotlar veb-sahifalar va ijtimoiy tarmoqlar orqali, 223 mingdan ortiq seminar va manzilli targʻibot tadbirlari tashkil qilindi hamda 15 mingga yaqin koʻrgazmali huquqiy targʻibot materiallari aholiga tarqatildi.

Huquqiy axborotlarni yetkazish raqamlashtirildi. Barcha qonunchilik hujjatlarini Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarga, mahallalarga yetkazish yoʻlga qoʻyildi.

Yagona axborot tizimi orqali barcha davlat organlari va tashkilotlariga 288 ta normativ-huquqiy hujjat matnlari hamda 9 455 ta mahallalarga 124 ta qonunchilik hujjatlari va ular boʻyicha huquqiy targʻibot materiallari toʻplami yetkazib berildi.

Mahallalarda 8 029 marotaba “Huquqiy targʻibot kuni” oʻtkazilib, 218 953 marotaba huquqiy targʻibot tadbirlari tashkil etildi, 224 721 ta huquqiy targʻibot materiallari tarqatildi.

“Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” gʻoyasi asosida 13 549 marotaba yoshlar bilan huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

“Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida 230 ta maktablar, litseylar va texnikumlarda seminar-treninglar oʻtkazildi.Aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan 5 ta huquqiy aksiyalar oʻtkazildi.

Joriy yilning 18-sentyabrida “2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Hukumat Qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan 95 ta banddan iborat quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha dastur tasdiqlandi.shaxs, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullarini joriy qilish;aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish.

Dastur ijrosi doirasida kelgusida quyidagi bir qator katta loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

– oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuygʻusini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovi oʻtkaziladi;

– maktablarda “Huquq olamiga sayohat” oʻquv dasturlarini joriy etiladi;– maktablarda zamonaviy koʻrgazmali oʻqitish vositalari bilan taʼminlangan “Huquq sinflari” bosqichma-bosqich tashkil etiladi;– davlat xizmatchilari oʻrtasida “Huquqiy zakovat” intellektual oʻyini oʻtkaziladi;

– chekka va olis hududlarda yashovchi xotin-qizlar uchun “Ayollarga huquqiy madad” qoʻllanmasi bepul tarqatiladi;– anʼanaviy umummilliy Konstitutsiya imtihoni oʻtkaziladi;– aholining barcha qatlamlari uchun moʻljallangan, kundalik hayotda eng zarur boʻlgan huquqiy bilimlarni mustaqil oʻrgatish boʻyicha mobil ilova yaratiladi;

– “Advice.uz” huquqiy axborot portalidan 24/7 rejimida foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida portalga sunʼiy intellekt tizimini joriy etish choralari koʻriladi;– “Davlat va huquq asoslari” fanidan elektron resurslar, jumladan, elektron darsliklar, oʻquv-metodik majmualar, videodarslarni tayyorlash va ulardan masofaviy taʼlim jarayonida samarali foydalanishni yoʻlga quyiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров принял председателя Национального банка Швейцарии
      сегодня в 20:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел открытый форум «Образование, меняющее эпоху»
      сегодня в 19:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров сделал заявление для СМИ по итогам переговоров с Председателем Совета Министров Того Фором Эсcозимной Гнассингбе
      сегодня в 18:25   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев встретился с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым
      сегодня в 17:40   Кыргызстан
    В селе Панфиловское открыли отреставрированный памятник Ивану Панфилову
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Какую позицию займёт официальный Казахстан после варварского удара Украины по спящим детям в Старобельске?
      сегодня в 19:58   Казахстан
    Таджикистан и Азербайджан создают совместный деловой совет
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda $3 mlrdlik 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda
      сегодня в 22:10   Узбекистан
    Баходур Шерализода в Нью-Йорке и Вашингтоне встретился с партнёрами по развитию и международными институтами климатического сотрудничества
      сегодня в 22:20   Таджикистан
    Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesilishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
      сегодня в 22:30   Узбекистан