• 21 августа 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestrini yuritish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (522-son, 20.08.2025 y.) bilan “Jismoniy shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlarni Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reestriga kiritish yoki ushbu reestrdan chiqarish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, ma'lumotlarni mazkur reyestrga kiritish yoki chiqarish bo'yicha arizalar YIDXP (my.gov.uz), davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali taqdim etiladi.

Ariza beruvchi o'zi kelib, kredit byurosiga yozma murojaat etganda, ariza beruvchiga QR-kod qo'yilgan ma'lumotnoma beriladi.

Davlat xizmatlari markazlari xizmatning natijasini u kelib tushgandan so'ng 10 daqiqa ichida ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki taqiqni olib tashlash to'g'risidagi ariza yuborilgan sana va vaqt, taqiq belgilangan yoki olib tashlangan sana va taqiq shartlari haqidagi ma'lumotlar shaxslarning kredit tarixida aks ettirib boriladi.

Davlat xizmatlari markazlari va kredit byurolari olingan ma'lumotlarning sir saqlanishini ta'minlaydi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан