• 18 декабря 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Kasbiy ta'lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o'tkazishda baholash mezonlari belgilandi

Adliya vazirligi Kasbiy ta'lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o'tkazishda baholash mezonlari bo'yicha indikatorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami 3726, 2025-yil 17-dekabr).

"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 58-moddasiga ko'ra, professional (kasbiy) ta'limni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari davlat ta'lim standartlari, davlat ta'lim talablari va ta'lim dasturlariga muvofiqlik jihatdan kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkaziladi.

Mazkur idoraviy hujjat bilan 7 ta yo'nalish doirasidagi 37 ta mezon bo'yicha kasbiy ta'lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditasiyasidan o'tkazishda foydalaniladigan 203 ta indikator belgilanmoqda.

Unga ko'ra, 12 ta (5.9 %) majburiy indikatorlar (kutubxonada o'quvchilar kontingentiga mos o'quv adabiyotlarining mavjudligi, ta'lim dasturlari va o'quvchilar kontingentiga mos bino (inshootlar) bilan ta'minlanganlik va b.) hamda 191 ta (94.1 %) umumiy indikatorlar (o'quv xonalarining nogironligi bo'lgan shaxslar uchun moslashtirilganligi, pedagog va o'quvchilarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish choralari ko'rilganligi va b.) mavjud bo'lib, «muvofiq» yoki «muvofiq emas» tarzida baholanadi.

Bunda:

▪️ 50 % gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq emas»;▪️ 50 % dan 60 % gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «qisman muvofiq»;▪️ 60 % va undan ortiq indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq» deb topiladi.

Majburiy indikator «muvofiq emas» deb baholansa, umumiy natijadan qat'i nazar, mezon «muvofiq emas» deb topiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан