• 19 января 2026 в 22:30
  • 0
  • 0

Kadastr agentligi: O‘zboshimcha egallangan yerlarni qonuniylashtirish qimmatlashmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zboshimcha egallab olingan yerlarni qonuniylashtirish jarayoni fevral oxirida qimmatlashishi haqida xabarlar tarqaldi. Kadastr agentligi matbuot xizmati holat bo‘yicha izoh berdi.

Taʼkidlanishicha, agentlik tomonidan xatlov ishlari 2024-yil noyabr oyida boshlangan edi.

Jarayonlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Xatlov 2028-yil 1-yanvargacha o‘tkaziladi.

“Hech qanday fevral oxirigacha ulgurmay qolsangiz, qimmatga tushasiz degan masala yo‘q. Xatlovda hech qayerga murojaat qilinmaydi. Kadastr agentligiga ham, uning tizim tashkilotlariga ham, mahalla raislariga ham. Xatlov nomi bilan xatlov, mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, xatlov o‘tkaziladi. Birorta odamning uyi qolib ketmaydi”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, jarayonlarda hammaning uyi xatlovdan o‘tkaziladi.

Agentlik matbuot xizmati o‘z navbatida yolg‘on axborot tarqatish qonunchilikda ma‘muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatdi.

Kadastr agentligi ma‘lumotlariga ko‘ra, hozirda 291,7 mingta ariza jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. 38,28 mingta yer e‘lon qilingan, 31,8 mingta yer esa jarayonda turibdi. Shuningdek, 36,8 mingta yer eʼtirof etilgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан