• 15 августа 2025 в 22:30
  • 25
  • 0

Jinoyat protsessida majburlov choralari instituti takomillashtiriladi

Qonun (O'RQ–1081-son, 15.08.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan sud tomonidan ayrim shaxslarning O'zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishiga doir tartibni nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilmoqda.

Kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, O'zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo'llanilmagan, biroq O'zbekistondan chiqib ketib, suddan uzrli sabablarsiz bo'yin tovlashi uchun asoslar mavjud bo'lganda qo'llaniladi.Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi O'zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqida mazkur majburlov chorasini qo'llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.

Iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e'tiboran 8 soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko'rib chiqiladi.

Sudya iltimosnomani ko'rib chiqib, O'zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash yoki uni rad etish to'g'risida ajrim chiqaradi.

Ajrim ustidan 48 soat ichida shikoyat berilishi yoxud protest bildirilishi mumkin.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан