• 16 июля 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Jahon banki: Jazirama bilan bog‘liq ortiqcha o‘limlar O‘zbekistonda 100 ming kishiga 19−21 taga to‘g‘ri kelmoqda

Markaziy Osiyoning aksariyat qismi anomal issiqlikdan aziyat chekayotgan bir paytda, Jahon bankining yaqinda o‘tkazilgan tadqiqoti Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining (YeMO) 70 ta shahrida, jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda uning insonlar hayoti va iqtisodiyotga zararli ta’siri haqida xavotirli faktlarni aniqladi.

Xususan, Ashxobodda jazirama bilan bog‘liq ortiqcha o‘limlar barcha yosh guruhlari uchun yiliga 100 000 kishiga 25-28 holatni tashkil etadi. Ostona, Bishkek va Toshkentda bu ko‘rsatkich har 100 ming kishiga 19 tadan 21 tagacha o‘lim holatini tashkil etadi.

2090-yilga kelib, Markaziy Osiyoning bir qancha yirik shaharlarida, jumladan, Ostona va Toshkentda havoning issiqligi tufayli umumiy o‘lim yiliga 10 000 dan 23 000 gacha yetishi mumkin.

2023-yilga kelib, YeMO mintaqasida havo haroratining ko‘tarilishi 87 000 dan ortiq to‘liq bandlik ish o‘rinlarining yo‘qolishiga olib keldi. Ulardan 22 mingdan ortig‘i O‘zbekistonda va 18 mingga yaqini Ozarbayjonda.

2050-yilga borib mintaqaning to‘qqizta shahri, shu jumladan Ashxobodda issiqlik tufayli yillik iqtisodiy yo‘qotishlar yalpi ichki mahsulotning 2 foizidan oshishi mumkin.

Qirg‘izistonda ekstremal harorat har yili 200 km ga yaqin yo‘llarning shikastlanishiga olib keladi, bu esa ta’mirlash uchun katta xarajatlarni keltirib chiqaradi va transport infratuzilmasiga bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatni izdan chiqaradi.

Ushbu muammoning yechimlari bormi? Jahon banki tadqiqotida YeMO shaharlari harorat ko‘tarilishining salbiy oqibatlarini yumshatish uchun hozirdanoq amalga oshirishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar taklif etilgan.

Ular shaharlarda "yashil" hududlar va soyali maydonlarni ko‘paytirish uchun daraxtlar ekish, binolarni passiv sovutish uchun modernizatsiya qilish, aholini erta ogohlantirish tizimlarini yaratish va sog‘liqni saqlash tizimlari faoliyatini yaxshilash, "sovutish" markazlarini tashkil etish, issiqlikka chidamli materiallardan foydalanish, shuningdek, shahar infratuzilmasini rejalashtirishda ob-havo anomaliyalarini hisobga olishni o‘z ichiga oladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан