• 13 октября 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ro‘yxatni tuzish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (637-son, 10.10.2025 y.) bilan “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risida ”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom, imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hujjatlarni taqdim etishda yagona talablarni belgilaydi.

Zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarni Ro‘yxatga kiritish zarurati haqidagi xodimlarning takliflari ikki nusxada tayyorlanib, ish beruvchi hamda korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga yuboriladiю

Ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va ish beruvchiga taqdim qilish uchun Komissiya quyidagilarni tekshiradi, jumladan:

- ish joyining rejasi ishlab chiqarishlar, ishlar va uskunalar joylashgan korxonaning bosh loyihasiga mosligini;

- texnologik jarayonga, uskunalarni ishlatish bo‘yicha qoidalarga rioya etilganini, jihozlar, asboblar va uskunalar sozligini;

- jamoa va shaxsiy himoya vositalarining mavjudligi va yaroqliligi, himoya kiyimining mavjudligi va mosligini;

Tekshirish vaqtida aniqlangan mehnat sharoitlarining belgilangan meʼyorlarga nisbatan buzilishi holatlari va kamchiliklar attestatsiya o‘tkazilishiga qadar bartaraf etiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан