• 29 декабря 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Ijtimoiy soliq tushumlarini taqsimlash miqdorlari belgilandi

“O‘zbekiston Respublikasining “2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–388-son, 26.12.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi:

- byudjet tashkilotlari bo‘yicha:

- byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 98,0 foiz;- Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga — 1,2 foiz;- Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga — 0,4 foiz;- O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga —0,4 foiz;

- boshqa to‘lovchilar bo‘yicha:

- byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 95,9 foiz;- Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga — 2,5 foiz;- Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga — 0,8 foiz;- O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,8 foiz.

2026 yil 1 yanvardan quyidagi summalar 2025 yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim:

- uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari, shu jumladan, ommaviy baholashdan o‘tkazilgan obyektlarga 2018 yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq summasi;

- uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari joylashganyer uchastkalarida jismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i summasi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан