• 20 февраля 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Homiladorlar necha marta skrining tekshiruvlaridan o‘tishi zarur?

Homiladorlikning dastlabki uch oyi — ham ona, ham tug‘ilajak farzand salomatligi uchun o‘ta masʼuliyatli davr. Shu sababli ushbu muddatda ayollarning tegishli tibbiy tekshiruvlardan o‘z vaqtida o‘tishi g‘oyatda muhim. Bu orqali homilada tug‘ma va irsiy kasalliklar rivojlanishining oldi olinadi.

Xo‘sh, homilador ayollar qanday skrining tekshiruvlaridan o‘tishi zarur?

Toshkent shahar 4-son tug‘uruq kompleksi bosh shifokori o‘rinbosari Zarina Egamova shu haqda maʼlumot berdi.

— Prenatal, yaʼni tug‘uruqqacha skrining yordamida homilaning sog‘ligini baholash va genetik kasalliklar rivojlanish xavfini aniqlash mumkin, — deydi mutaxassis. — Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad chaqaloqlarning tug‘ma nuqsonlar va irsiy (xromosom) xastaliklar bilan tug‘ilishining oldini olishdan iborat.

Homilador ayollar ikki bosqichdan iborat bo‘lgan prenatal skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi.

Birinchi bosqichda bo‘lajak onalar ommaviy ultratovush tekshiruvi bilan qamrab olinadi. Shu asnoda homilasida tug‘ma nuqsonlar aniqlanganlar “xavf guruhi”ga kiritiladi. Bunday tekshiruvlar uch marta tuman (shahar) markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarining prenatal skrining xonasida amalga oshiriladi.

Ilk tekshiruv homiladorlikning 10-14 haftasida, ikkinchi marta 16-20 haftasida, uchinchi marta esa 28-32 haftasida tug‘ma nuqsonlarni aniqlash va homilaning funksional holatini baholash uchun o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich tekshiruvi xulosasiga ko‘ra “xavf guruhi”ga kirgan ayollar qanday yo‘l tutadi?

Ular homiladorlikning 16-20 haftasida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ona va bola skrining bo‘limi hududiy filiallarida ikkinchi bosqichdagi prenatal tekshiruvlardan o‘tkaziladi. Bunda ayol ushbu muassasaga poliklinikadan yo‘llanma hamda avvalgi prenatal ultratovush tekshiruvlari natijalari aks etgan tibbiy kartasidan ko‘chirmani olib boradi.

Bu yerda ultratovush, biokimyoviy skrining tekshiruvi va uning natijasiga muvofiq homilaning xromosom sindromlar bilan tug‘ilish xavfi yuqori bo‘lganda, invaziv tekshiruv (xorionbiopsiya, platsentotsentez, kordotsentez) usullari, keyinchalik esa homila hujayralarining genetik tahlili hamda boshqa ko‘riklar o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqichdagi prenatal skrining natijasida bo‘lajak onaga tibbiy-genetik xulosa beriladi.

Homilada tug‘ma rivojlanish nuqsonlari va irsiy (xromosom) kasalliklar mavjud bo‘lganda, ayol tibbiy-genetik xulosa bilan tegishli poliklinikaga yuboriladi. Ushbu xulosa ko‘rib chiqish uchun tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining Tibbiy-maslahat komissiyasiga taqdim etiladi.

Komissiya homilador ayol va uning yaqin qarindoshlariga prenatal skrining tekshiruvlari natijalari, aniqlangan tug‘ma rivojlanish nuqsonlari va buning kelgusidagi oqibatlari, davolash usullari hamda bu bilan bog‘liq xavf-xatarlar darajasi, qo‘llash mumkin bo‘lgan tibbiy muolajalar va ularning samaradorligi haqida to‘liq axborot beradi.

Shundan keyingina homilador ayol va uning yaqin qarindoshlari o‘zlariga maʼqul qarorni qabul qiladi.

Shu maʼnoda, bo‘lajak onalar homiladorlik davrida har bir tekshiruvdan o‘z vaqtida o‘tishga jiddiy ahamiyat qaratishi lozim.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Торжественное мероприятие в честь Дня таджикской печати состоялось в Бохтаре
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Генеральный консул Литвы посетила ОшГУ
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло совещание по координации научно-образовательного сотрудничества в области исследований горных регионов
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев ознакомился с состоянием ряда медицинских учреждений в Иссык-Кульской области
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Студенты сельскохозяйственного колледжа ОшГУ встретились с работодателями
      вчера в 16:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло масштабное мероприятие, посвященное Международному женскому дню
      вчера в 16:10   Кыргызстан
    Министр транспорта Таджикистана провел переговоры с представителями Всемирного банка
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Huawei MWC Barcelona 2026 da sakkizta GLOMO mukofotini qo‘lga kiritdi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    O‘zbekistonda 2025 yilda 252 nafar hokim yordamchisi korrupsiya bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortildi — Antikorrupsiya agentligi
      вчера в 22:30   Узбекистан