• 17 декабря 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Hindistonning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri O'zbekiston bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda

O'zbekiston Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Hindistonning "TIL Healthcare" kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

O'zbekistonning Dehli shahridagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, tadbirda mamlakatimizda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar natijalari, xorijlik sarmoyadorlar bilan hamkorlik qilish uchun yaratilgan qulay muhit haqida so'zlab berildi. Farmatsevtika sohasini yana-da rivojlantirish, aholini zamonaviy, sifatli va arzon dori-darmon vositalari bilan ta'minlash maqsadida ko'rilayotgan tizimli chora-tadbirlar, "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri faoliyati, chet el kompaniyalariga taqdim etilayotgan imtiyozlarga alohida e'tibor qaratildi.

Tomonlar birgalikda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni uchinchi mamlakatlarga eksport qilish bo'yicha sheriklik imkoniyatlarini muhokama qildi.

"TIL Healthcare" mahsulotlari Osiyo, Afrika, MDH, Markaziy va Lotin Amerikasining 50 dan ortiq mamlakatiga eksport qilinadi. Kompaniya malakali kadrlar va mustahkam infratuzilmaga ega bo'lib, farmatsevtika sohasida joriy qilayotgan ilg'or innovatsiyalari va tayyorlayotgan sifatli dori-darmon tovarlari bilan nom qozongan.

Hindistonlik farmatsevtlar O'zbekistonda qo'shma loyihalar amalga oshirishga qiziqish bildirdi va mahalliy hamkorlar bilan ushbu maqsadga qaratilgan muzokaralar olib borayotganini ma'lum qildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан