• 04 июля 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Fuqarolarning necha foizi muammolarini noqonuniy yo‘l orqali hal etishga urinishi ma’lum qilindi

3-iyul kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari Umida To‘xtasheva mazkur qarorning qabul qilinishi zaruratiga to‘xtalib o‘tdi: 

Birinchidan, bugungi kunda aholi va davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirib borish tizimi mavjud emas;Ikkinchidan, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilmagan;Uchinchidan, soha bo‘yicha milliy va xalqaro asoslar, xorijiy tajriba, ilmiy-amaliy ishlanmalar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi shakllanmagan.“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi bilan birgalikda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 31 foiz respondentlar fuqarolarning o‘z masalalari yoki muammolarini qonunni chetlab o‘tgan holda hal etishga intilishi, 28 foizi esa fuqarolarning qonunlar va o‘z huquqlarini yaxshi bilmasligi korrupsiyaviy munosabatlar paydo bo‘lishining asosiy sabablari sifatida ko‘rsatilgan. Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada atigi 51 foiz respondentlargina korrupsiyaning mohiyatini to‘g‘ri tushunishini ta’kidlagan.

По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан