• 02 ноября 2023 в 22:30
  • 0
  • 0

FTV telekanali Madaniyat vaziri o‘rinbosarining X—Faktor O‘zbekiston shousi haqida aytgan fikriga munosabat bildirdi

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedovning X-FAKTOR O‘zbekiston shousi haqida bildirgan  fikrlari bo‘yicha FTV telekanalining munosabati.

Birinchidan, X-FAKTOR shou-formati konkurs emas, aksincha, havaskor ijrochilar ishtirokidagi global shou. Mazkur shouda qatnashchilarning vokal imkoniyatlari bilan birga ularni sahnada shou yarata olishi, hakamlar va tomoshabinlar e’tiborini o‘ziga qarata olishiga baho beriladi.

Ikkinchidan, X-FAKTOR shou-formati xalqaro format bo‘lib, O‘zbekistonda birinchi marta mazkur loyiha FTV telekanali tomonidan Buyuk Britaniyaning Fremantle Media kompaniyasidan xarid qilingan lisenziya asosida tasvirga olinmoqda.  Shou dunyoning 56 davlatida qanday shartlar asosida suratga olingan bo‘lsa, O‘zbekistonda ham aynan loyihaning umumiy va yagona ssenariysi asosida tasvirga olinadi.

Uchinchidan, yuqorida aytib o‘tilganidek, X-FAKTOR  shousining yagona va asosiy sharti professional bo‘lmagan havaskorlar ishtirok etishidir va bunday qatnashchilarga ularning millati, kelib chiqishi yoki qarashlariga asoslangan hech qanday cheklovlar mavjud emas. Eslatib o‘tamiz, X-FAKTOR global shou va O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat, bu shouda barcha millatga mansub ishtirokchilar erkin qatnashishlari, o‘z tillarida va xorijiy tillarda qo‘shiq kuylashiga hech kim to‘sqinlik qilishga haqqi yo‘q.

To‘rtinchidan, X-FAKTOR shousi qatnashchilari hakamlar tomonidan «Ha» yoki «Yo‘q» degan ovoz berishi asosida baholanadi. Madaniyat vazirligining mulozimi ta’kidlaganidek, ishtirokchilar 10 ballik sistemada baholanmaydi va  umuman ballar ishlatilmaydi. Shuning uchun, mulozimga X-FAKTOR shousining hech bo‘lmaganda 1 ta epizodini to‘liq ko‘rib chiqishi va shundan keyin fikr bildirishini tavsiya qilamiz.

Beshinchidan, shouning ishtrokchilaridan biri haqida Bahodir Ahmedov fikr bildirar ekan, «Zonani ashulasini aytib o‘tiribdi, hakam bo‘lsa uni olqishlamoqda», -- dedi. Vaholanki, ishtirokchining repertuaridagi qo‘shiqlarga e’tibor beradigan bo‘lsangiz, u yerda: “O‘zbekiston gulzor«, »Istasang, bu falakdan oyni olib beraman" va bir nechta xorij estradasi qo‘shiqlariga parodiya qilib kuylangan. Vazir o‘rinbosari esa shanson bilan o‘zi aytayotgan yo‘nalishni farqlay olmaydimi?!

Oltinchidan, Bahodir Ahmedov hakamlar haqida gapirib, «shlyapada o‘tirvogan o‘zicha, or-nomusi yo‘q, o‘zi jonli ayta oladimi, qo‘shiq ayta oladimi, baho berib o‘tiribdi, o‘la», -- degan so‘zlarni ishlatib, shou hakamlari, ijodkorlari va barcha tasvirga olish  jamoasining shaxsiyatiga tegadigan gaplarni ham aytgan.

Mulozimga FTV telekanali eslatib o‘tmoqchiki, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan shaxslarning shaxsiyati, or-nomusi va obro‘siga putur yetkazish, haqoratlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

FTV telekanali jamoasi yuqoridagi mulozim tomonidan bildirilgan fikrlarni o‘rinsiz, butun telekanal jamoasi va loyiha ishtirokchilariga hurmatsizlik deb hisoblaydi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Кинопремия «Бриллиантовая бабочка» подчеркивает уникальные культурные особенности народов разных стран
      02 ноября 2025 в 13:55   Таджикистан
    Улан Ниязбеков встретился с послом Китая
      сегодня в 15:10   Кыргызстан
    Ayrim ma’muriy huquqbuzarlikni ko‘rib chiqish sudlardan Ijtimoiy inspeksiyaga o‘tkaziladi
      01 ноября 2025 в 23:05   Узбекистан
    В Кыргызстане задержана организатор финансовой пирамиды, действовавшей под брендом «SkyWay»
      вчера в 12:55   Кыргызстан
    Тынчтык Шайназаров встретился со Специальным координатором миссии ПА ОБСЕ
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    В Кара-Суйском районе прошел футбольный матч ко дню работников печати
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    Областной фестиваль «Национальная одежда – символ цивилизации и национальной культуры»
      02 ноября 2025 в 22:50   Таджикистан
    Narkojinoyatlarga qarshi kurashish, kiberxavfsizlik va prokuror nazorati sohalaridagi ishlarning samaradorligi yanada oshiriladi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Адылбек Касымалиев поздравил работников сферы культуры с профессиональным праздником
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Определился состав юношеской сборной Таджикистана (U-17) по футболу для участия в чемпионате мира-2025
      01 ноября 2025 в 23:00   Таджикистан