• 10 декабря 2023 в 22:30
  • 0
  • 0

Farg’onada o’tkazilgan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida 50 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi

Farg‘ona viloyatida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida 298 nafar tezkor vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shaxslarning yashash manzillarida kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. Unda 96 ta jinoyat aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum bo'lishicha, jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 50 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlangan. Guruhbozlikka aloqador 25 nafardan ortiq shaxslar bezorilik ustida ushlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yildi.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida:

- 5 kg 921 gramm giyohvandlik vositalari;

- 414 dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar;

- 42 ta qurol-yaroqlar;

- 221 ta o‘q-dorilar;

- 61 dona turli jinoyatga daxldor materiallar tayyorlangan kompyuter, telefon hamda taqiqlangan diniy adabiyotlar aniqlanib ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Misol uchun, Toshloq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro o‘z xonadonida 8 dona jangovar ov quroli o‘q dorilari, 61 dona gilzalar, 400 gramm porox, 140 dona 5,6 mm kalibrli jangovar o‘q-dorilar qonunga xilof ravishda saqlab kelinganligi aniqlandi.

Shuningdek, joriy yilning 9 dekabr kuni tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar natijasida, muqaddam Jinoyat kodeksining 164, 165, 166 hamda 277-moddalari bilan sudlangan, Marg‘ilon shahar Guliston MFY B.Marg‘iloniy tor ko‘chasi 11-uyda yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan, tezkor vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan, jinoiy tajovuzkor Karimov Abdullo Qosimjonovich, shaxsga og‘ir tan jarohati yetkazib, yashirinib yurganligi aniqlanib ushlandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан