• 24 января 2026 в 22:30
  • 0
  • 0

Farg‘onada 400 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida yashovchi, 1984 y.t., muqaddam sudlangan shaxs mahalliy tadbirkorga ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer maydoni olishida o‘zining mansabdor tanishlari orqali yordam berishini aytadi.

Xususan, 2020 yilda boshqa bir fuqaroga kam taʼminlangan va ishsiz yoshlarni ish bilan taʼminlash maqsadida issiqxona tashkil etishi uchun ajratib berilgan 29 gektar yer maydonidan 5 gektar qismini toifasini o‘zgartirib, uy-joy qurish uchun olib berish evaziga 400 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning mansabdor tanishi hisoblangan – Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bosh mutaxassisi ushbu 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан